Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

«G‘alabaga loyiq edik» — Farhod Sohibjonov «dahshatli» goli va vodiy derbisi haqida nimalarni aytdi?

«G‘alabaga loyiq edik» — Farhod Sohibjonov «dahshatli» goli va vodiy derbisi haqida nimalarni aytdi?

Baho:
+ | -

7-tur doirasida o‘tkazilgan «Neftchi» – «Andijon» uchrashuvi hali hamon qizg‘in muhokama qilinmoqda, albatta yaxshi ma’noda. Bunday o‘yin fonida O‘zbekiston chempionatining darajasi ham ko‘tarilib borayotgani ko‘rinyapti.

Ayniqsa, «Andijon» futbolchisi Farhod Sohibjonov tomonidan urilgan gol nafaqat O‘zbekiston, balki boshqa mamlakatlarda ham hayrat bilan qarshi olinmoqda.

Trendga aylangan Sohibjonov «Andijon» matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— Farhod siz qanday gol urganingizni bilasizmi? Hammani og‘zida sizning golingiz...Bu qanday sodir bo‘ldi?

— To‘g‘risi, o‘yinni ichida bunchalik gol urganimni bilmagandim. O‘yin harorati balandligi uchun e’tibor bermadim. Omad keldi.

— Golingizni videotakrorda ko‘rganingizda nimalarni o‘yladingiz?

— Juda xursand bo‘lib ketdim. Bunday gol urish faoliyatimda sodir bo‘lganidan Allohga shukr, deyman.

— Hamma Zlatan Ibragimovning goli bilan taqqoslashni boshladilar. Siz ham ko‘rgandirsiz. Zlatan kabi gol urish qanaqa ekan?

— Ha, ko‘rdim. O‘zingizni bunday his qilish, to‘g‘risini aytsam, juda yoqimli ekan.

— Bu «yil goli» bo‘ladi, deb o‘ylaysizmi?

— Xudo xohlasa, bundan ham chiroyli gol urishga harakat qilaman.

— Umuman, vodiy derbisi qanday taassurot qoldirdi? G‘alabaga yaqin edik. Nima yetishmadi, oxirida?

— Ha juda yaqin kelgandik. Hammasi Alloxdan, shunaqa bo‘lish kerak ekan va shu narsa bo‘ldi. Qo‘limizdan kelgancha harakat qildik.

— Farg‘onadagi durang adolatlimi?

— Bilmadim, menimcha, g‘alabaga loyiq edik.

— "Andijon” va uning muxlislari yangi darajaga chiqib oldilar. Buni qanchalik his qilyapsiz va siz yana bu haqida nima degan bo‘lardingiz?

— Albatta, muxlislarga kattakon rahmat. Bizni qayerda bo‘lsak ham yolg‘iz tashlab qo‘yishmayotgani uchun minnatdormiz. Muxlislar bilan biz bir kuchmiz.

— Endi «Metallurg» keladi. Bu o‘yinga tayyorgarlik qanday bo‘ladi?

— Maydonga faqat g‘alaba uchun chiqamiz.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 15:12, 14.05.2024.
O'qildi: 3939 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.