Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Mirjalol Qosimov: «Ikkala jamoa uchun ham muhim o‘yin edi»

Mirjalol Qosimov: «Ikkala jamoa uchun ham muhim o‘yin edi»

Baho:
+ | -

Superliga 7-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" – OKMK (0:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Ikkala jamoa uchun muhim o‘yin edi. Uchrashuv shiddatli va kurashlarga boy bo‘ldi. "Lokomotiv" ham juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan. Qolaversa, Navbahorga mag‘lubiyatga uchragandi va biz ham xuddi shunaqa vaziyatda edik. Shuning uchun ikkala jamoa uchun g‘alaba muhim edi. Golgacha o‘yin bo‘ldi. Uchrashuv boshlarida "Lokomotiv"da ham, bizda ham imkoniyatlar bo‘ldi. Oxir-oqibat o‘yin oxirlarida gollar urdik. Kim gol ursa o‘sha jamoa yutib ketardi. Xudda shunaqa bo‘ldi. Ochkolar soni ham bir xil edi. Muxlislar ham oxirigacha bahsni kuzatishda davom etishdi. Jamoalar oxirigacha kurashishdi. Yutganimizdan xursandmiz. Turnir jadvalida zichlik. Oldin 6-7 ta turdan keyin kimdir oldinga o‘tib ketardi. O‘yinlar qiziqarli o‘tyapti.

Bugun hamma narsa bo‘lishi mumkin edi. Masalan, kecha "Nasaf"ning "Bunyodkor"ga qarshi uchrashuvida ham uzun paslar va ko‘p kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi. "Bunyodkor" 10 kishi bo‘lib qolishiga qaramasdan shiddatli himoyalandi va kerakli natijaga ega bo‘ldi. Futbol shunaqa, bilib bo‘lmaydi. O‘zimni jamoamga keladigan bo‘lsam, iloji boricha to‘p bilan muomala qilish, qanaqadir ma’no bo‘lishi uchun. Shunaqasini yoqtiraman.

Bu yigitlar nimaga qodir ekanligini bilaman. Maydon markazida Sanjar Tursunov va himoyada Anzurning imkoniyatlarini past baholashning iloji yo‘q. Yigitlarda katta tajriba bor. Ular uzoq vaqt davomida milliy terma jamoada o‘ynashgan. Shu sababli, bugun oson o‘yin bo‘lmadi.

Har xil o‘yin bo‘ladi. Masalan, yarq etib o‘ynaysizda, ammo mag‘lub bo‘lib chiqib ketishingiz mumkin. Muammo o‘yinchilarimizda bor, qolaversa himoyada. Jarohatlar ham bor. O‘tgan yili jarohatlagan futbolchilar hali ham jarohatidan forig‘ bo‘lmasdan yordam bera olishmayapti. Olimpiya terma jamoamizda masalan Fayzullayev, Erkinov va Husanov final oldidan ketishdi. Buni ham finalda ta’siri bo‘ldi. Ammo yigitlarimiz zo‘r o‘ynashdi. Haqli ravishda Kubokni Toshkentga olib kelishadi, deb o‘ylagandim. Lekin bunaqa vaziyat bo‘lishini hech kim kutmagandi. Biz ham to‘liq tarkib bilan o‘ynashni xohlardik.

Sanches ham, Gadoyev ham og‘ir jarohat olgan. Vaqt kerak, ba’zida yillar kerak bo‘ladi. O‘zim ham belimni operasiya qildirganimda bir yildan ortiq o‘ynamaganman. Hammasiga sabr. Sport jarohat bilan. Statistika bo‘yicha futbol dunyo bo‘yicha eng ko‘p jarohat oladigan sport turi hisoblanadi", — dedi Qosimov.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 04:33, 15.05.2024.
O'qildi: 1103 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.