Milanning “Inter” klubi hujumchisi Xoakin Korrea faoliyatini A Seriyaga ko‘tarilgan "Komo"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda La Provincia de Como yozmoqda.
Korrea joriy mavsumni Fransiya 1-ligasida “Marsel” safida o‘tkazdi. 29 yoshli argentinalik futbolchi provansliklar safida 19 uchrashuvda ishtirok etdi.
Korreaning "neradzurrilar" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchini 8 million yevroga baholamoqda.