Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Anchelottining ishtahasi karnay

Anchelottining ishtahasi karnay

Baho:
+ | -

Karlo Anchelotti "Real"dan Ferlan Mendi bilan shartnomani uzaytirishini istamoqda.

28 yoshli himoyachi yangi mashg‘ulot va dam olish rejimi bilan jarohatlarini kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi, bu esa klubni shartnomani uzaytirish haqida o‘ylashga undadi. Mendining "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilda yakuniga yetadi.

Anchelotti futbolchining klubda qolishiga qiziqmoqda. Relevo'ning xabariga ko‘ra, sport rahbariyatidan kimdir italiyalikdan himoyachi haqida so‘rasa, u xuddi shunday javob beradi: "Men u bilan shartnomani hoziroq yangilagan bo‘lardim, chunki u dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachisi".

Madrid klubi va Karlo yana "Bavariya"dan Alfonso Devisga qiziqish bildirmoqda. U chap qanot himoyasi muammosiga uzoq muddatli yechim sifatida qaralmoqda. Muammo shundaki, "Bavariya" so‘rayotgan transfer narxi - 60-70 million yevro atrofida.

Qayd etilishicha, “Real” bosh murabbiyi Fran Garsiyani asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko‘rmaydi. U yozda vaziyatga qarib ijaraga ketishi yoki sotilishi mumkin.

Kiritildi: 20:20, 15.05.2024.
O'qildi: 9076 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик