Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Darvozabonlar mavzusi nozik

Darvozabonlar mavzusi nozik

Baho:
+ | -

Tibo Kurtua tiklanib, «Alaves» bilan zo‘r o‘yin o‘tkazgach, bahslar paydo bo‘ldi: belgiyalik posbon finalda tushishi kerakmi yoki shu paytgacha ozmi ko‘pmi turnirda o‘z xissasini qo‘shgan Luninga ishonaverish kerakmi?

Eng yomoni, bu shunday qarorki, ertaga, kim bo‘lishidan qat’i nazar, xato qiladigan bo‘lsa, gap ko‘payadi, Kurtua baribir yaxshiydi, Luninni qoldirish kerak edi, qabilida. Chunki darvozabon sohasi shundayki, yuzaga keladigan eng muhim pallada pand bermaslik kerak. Hujumchi xatoga yo‘l qo‘ysa, ha, boshqasi bo‘lganda balki shu vaziyatga chiqarmaydi, shu yerda bo‘larmidi, deb oqlash mumkin. Darvozabon esa, o‘sha yerda bo‘lishi shart. Bu xuddi penalti ijrochisiga o‘xshaydi. Har kim ham xato qilishi mumkin va natijada tepuvchini tanlagan murabbiy tanqid qilinadi.

Yaqqol misol, «Tottenhem»ga qarshi o‘yinda Orteganing qahramonligi. Agar Ederson jarohat olmaganda, u maydonga tushmasdi va balki Ederson Sonning zarbasini qaytara olmasdi ham. Lekin Gvardiola aynan Songa qarshi Edersonmas, Ortega yaxshi ekanini qayerdan biladi? Shunchaki, aslida yomon voqea, Edersonning jarohati yakunda baxtli tasodif bo‘lib chiqdi. Yoki agar birinchi taymdan Ortega o‘ynaganda, Ederson qaytargan zarbani u qaytara olmagandachi?

Xullas, Lunin tanlansa ham, Kurtua tanlansa ham, o‘yindan keyin o‘sha qarorning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri sifatga ajratmaslik kerak. Anchelotti o‘yin oldidan bir qator biz bilmagan argumentlar yordamida tanlovni amalga oshiradi, bu qaror o‘sha payt uchun to‘g‘ri bo‘ladi, tamom.

Ha, yana mavzuga oid. Andre Onana Angliyada eng ko‘p xavfli vaziyatlarni bartaraf qilgan, qutqargan darvozabon bo‘lib chiqdi. Ammo bu uning Alison yoki Rayyadan yaxshiroq ekanini anglatmaydi.

Shunchaki, «MYU» darvozasi oldida juda ko‘p vaziyatlar, xavfli zarbalar bo‘ldi, tabiiyki, Onanada yaxshi seyvlar qilish imkoniyati ko‘proq bo‘ldi.

Shuning uchun darvozabonlarni solishtirishda peshqadam va autsayder jamoa ekani inobatga olinadi. Aslida kam zarba qabul qiladigan darvozabonning ishi qiyinroq, chunki menimcha, 10 zarbadan 8 tasini qaytarishdan, bitta yagona vaziyatni qutqarish qiyinroq. Ikkinchisida xato qilish imkoniyati yo‘q.

Endi shu shartlarda, o‘ylab ko‘ring, Luninning seyvlari tosh bosadimi yoki Kurtuaning ishonchliligi?

Manba: Қаҳрамон Асланов
Kiritildi: 20:18, 16.05.2024.
O'qildi: 818 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.