Andrea Anyelli ijtimoiy tarmoqlarda Massimiliano Allegri bilan xayrlashdi.
Oldinroq "Yuventus" 56 yoshli murabbiy bilan hamkorlikni to‘xtatganini ma’lum qilgandi.
“Betakror kombinasiya: g‘urur va insoniylik, ular o‘n yillik sayohat davomida birlashdi. Rahmat, Maks, borliging va “Yuventus”ni himoya qilganing uchun rahmat. Oxirigacha kurash...”, - deb yozadi “Yuventus”ning sobiq prezidenti Andrea Anyelli.