"Luton" oxirgi bo‘lib Angliya chempionatidagi o‘rnini saqlab qolish imkoniyatini yo‘qotdi.
Rob Edvards shogirdlari APLning so‘nggi turida “Fulxem”ga imkoniyatni boy berib (2:4) va mavsumni 26 ochko bilan 18-o‘rinda yakunladi.
Shu tariqa, 2023/24 yilgi Premyer-ligaga yangi qo‘shilgan uchta jamoa ham ("Luton", "Byornli" va "Sheffild Yunayted") yana Chempionshipga tushib ketishdi.
Bu Premyer-liga tarixidagi ikkinchi shunday holatdir. 1997/98 yilgi mavsumda bu holat "Barnsli", "Bolton" va "Kristal Pelas" bilan sodir bo‘lgandi.