"PSJ"ning o‘ng qanot himoyachisi Achraf Hakimiy Olimpiada o‘yinlarida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Marokashlik futbolchi yozda Fransiyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida o‘z terma jamoasida o‘ynash istagini bildirdi. Jurnalist Loik Tanzi so‘zlariga ko‘ra, “PSJ” Xakimiyning yo‘lida to‘sqinlik qilmaydi – lateral Olimpiadada qatnashishi mumkin bo‘ladi.
Ashraf joriy mavsumda Luis Enrike jamoasida 39ta o‘yin o‘tkazib, 5ta gol va 7ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.