"Al-Hilol" bosh murabbiyi Jorje Jezush hujumchi Neymarning mavsumoldi mashg‘ulotlari boshlanishiga qadar tiklanishga ulgurmasligini aytdi.
"U mavsumoldi mashg‘ulotlarga tayyor bo‘lmaydi", - deya Jezush so‘zlarini keltirgan RMC.
Neymar chap tizzasidagi xoch bog‘lami va menisk bog‘lamini yirtib olgan. U oxirgi marta oktyabr oyida maydonga tushgan.