Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Arauxo "Barselona"da boshqa o‘ynamasligi mumkin

Arauxo "Barselona"da boshqa o‘ynamasligi mumkin

Baho:
+ | -

Ronald Arauxo "Barselona"da boshqa o‘ynamasligi mumkin.

Diario Sport nashri xabariga ko‘ra, himoyachining "Sevilya"ga qarshi La Liga so‘nggi o‘yinida ishtirok etishi so‘roq ostida. Oxirgi bir necha hafta ichida Arauxo tizzasida noqulaylik sezdi va Xavi bilan suhbatdan so‘ng urugvaylik futbolchining sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymaslikka qaror qilindi.

Shuningdek, Arauxo shu yozda "Barselona"ni tark etishi mumkinligi aytilmoqda - bir necha hafta oldin "Bavariya" futbolchiga rasmiy taklif bilan chiqqan, "Aston Villa" ham uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Qayd etilishicha, Xavi va "Barselona" sport direktori Deku himoyachiga umid bog‘lashmoqda, ammo klubning moliyaviy ahvoli hal qiluvchi bo‘ladi. Shu bilan birga, Arauxoning o‘zi ham "Barselona"da qolishni xohlaydi, ammo "hech qanday ssenariyni" istisno qilmaydi.

La Liganing joriy mavsumida Arauxo “Barselona” safida 25 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:49, 22.05.2024.
O'qildi: 5689 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик