"Brayton" mavsum oxirida Roberto De Zerbi bilan xayrlashganidan keyin yangi bosh murabbiyni tayinlash ustida ishlamoqda.
“Dengiz otlari” jamoa boshqaruvida Kiran Makkennani ko‘rishni istaydi, uning qo‘l ostida "Ipsvich" bahorda Premyer-ligaga yo‘l oldi.
Times o‘z sahifalarida yozganidek, "Brayton" klubi "Chelsi"ga qarshi Makkenna uchun kurashda g‘alaba qozonishiga ishonchi komil.
Qayd etilishicha, “dengiz otlari” mutaxassis uchun 6 million funt (taxminan 7 million yevro) tovon puli to‘lashga tayyor.