Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Aleksandr Xomyakov: "Men sehrgar emasman"

Aleksandr Xomyakov: "Men sehrgar emasman"

Baho:
+ | -

Superliga 9-turidan o‘rin olgan "Olimpik" – "Andijon" bahsidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Etarlicha kurashlarga va xissiyotlarga boy o‘yinni guvohi bo‘ldik. Uchrashuv davomida bir qator xavfli vaziyatlarni ko‘rdik, ammo to‘p darvozaga kirmadi. 90 daqiqa mobaynida kuchli bosim ostida o‘yin bo‘ldi, deb aytishim mumkin. Umuman olganda, jangovar durang kuzatildi.

Albatta, muxlislarimiz faqat g‘alabani kutishayotganini bilamiz. Biz ham shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgandik. Yana durang o‘ynadik. E’tibor bergan bo‘lsangiz, bu o‘yinda g‘alaba uchun yaxshigina harakat qildik. "Olimpik" jamoasini hurmat qilishimiz kerak. Asosiy tarkibi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini tashkil qiladigan futbolchilar. Ular Olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritishgan. Shu sababli bu raqibni oson yutishimiz mumkin, degan fikrdan yiroqman. "Olimpik" ham yaxshi jamoa. Ha, gol urishimiz mumkin edi. Ishqibozlarimizni to‘g‘ri tushunaman. Afsuski, o‘yin durang bilan tugadi.

Albatta, biz mart oyida mavsumni juda yaxshi boshladik, biz uchun omadli kelgandi. May oyida ko‘plab ochkolarni yo‘qotdik. Mag‘lubiyatga ham uchradik. Sabablar va omillar ko‘p. Rotasiya bilan bog‘liq muammolar ham bo‘ldi. Hujumlarda bir qator imkoniyatlardan foydalana olmadik. Hujumdagi jarayonlarda asabiy holatlar bo‘ldi. Futbolchilar imkon qadar harakat qilishdi. Endi keyingi uchrashuvlarda yigitlarimiz bor imkoniyatlarini ishga solib, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Avval ham aytganman, bizda bir qator muammolar bor. Ayniqsa, hujumda ham. Buni tan olamiz va muammolarni bartaraf qilish ustida ish olib boryapmiz. Bu yerda yigitlar harakat qilishmayapti yoki g‘alaba uchun o‘ynashmayapti, degan fikrdan yiroqman. Ular kurashishyapti, xohlashyapti. Biroq hujumdagi natija yaxshi ko‘rinish olmayapti. Ochiq aytaman, hujumdagi vaziyatlarda tajriba yetishmayapti. O‘ylaymanki, vaqt o‘tishi bilan barchasi iziga tushadi.

Bir narsani tushunishingizni xohlardim, klub strategiyasi biroz o‘zgardi. Yosh va iqtidorli o‘yinchilarni jalb qilish, shu orqali jamoani shakllantirish jarayoniga o‘tganmiz. Bizga hujum chizig‘ini yanada shakllantirishimiz uchun vaqt kerak. Yoshlarga o‘zlarini ko‘rsatishi uchun vaqt zarur. Xebay singari bo‘lishi uchun o‘ylaymanki, bir qancha muddat lozim. Ochiq aytadigan bo‘lsam, mavsum oldidan bizga yuqori vazifalar qo‘yilmagandi. Strategiyalar o‘zgarib boryapti. Yaxshi o‘yin tashkil qilish, yosh futbolchilarga e’tiborni oshirish klub strategiyasining asosiy vazifalaridan biriga aylangan. Hali shunday vaqtlar keladiki, jamoa kuchli tarkibga ega bo‘ladi. Iqtidorli yoshlar yetishib chiqib, shakllangan jamoaga aylanadi. Ammo hozircha o‘ylagan rejalarimiz u qadar amalga oshmayapti.

Buni ko‘rib chiqamiz. Hozirgi vaqtda "Paxtakor"ga qarshi bo‘lajak uchrashuv haqida biror nima deya olmayman. Ko‘ramiz, bizda 4 ta hujumchi bor, balki 2 tasini o‘ynatarmiz yoki boshqacha uslub qo‘llarmiz. Buni o‘yinga yaqin hal qilamiz. Hozir bu savolga javob berish qiyin. Samiyevning jarohati qanchalik ekanligini ko‘rib chiqamiz. Shundan keyin bir fikrga kelamiz. Ikkita hujumchi bilan o‘ynashimiz ham mumkin", - dedi Xomyakov.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 04:12, 25.05.2024.
O'qildi: 1105 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик