Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bundesliganing yevrokuboklarda o‘ynaydigan barcha klublari nomi ma’lum bo‘ldi

Bundesliganing yevrokuboklarda o‘ynaydigan barcha klublari nomi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Bayer" Germaniya kubogi finalida "Kayzerslautern" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (1:0) nemis futbolining yevrokuboklardagi barcha vakillari aniqlandi.

"Xaydenxaym" Konferensiyalar ligasi saralash bosqichida o‘ynaydi. Jamoa Bundesligada 8-o‘rinni egalladi va bundan oldin hech qachon yevrokuboklarda o‘ynamagan.

7-o‘rindagi "Xoffenxaym" Yevropa ligasi guruh bosqichida ishtirok etadi. "Ayntraxt"ning taqdiri to‘g‘ridan-to‘g‘ri Chempionlar ligasi finali Dortmundning "Borussiya" jamoasi - "Real Madrid" uchrashuvi natijasiga bog‘liq.

Agar “Real” g‘alaba qozonsa, Frankfurt klubi Yevropa Ligasida ishtirok etadi. Agar "Borussiya" g‘alaba qozonsa, "Ayntraxt" Chempionlar ligasiga yo‘llanma oladi.

Avval ma’lum bo‘lganidek, "Bayer", "Shtutgart", "Bavariya", "Leypsig" va "Borussiya Dortmund" chempionlar ligasida ishtirok etadi.

Kiritildi: 12:42, 26.05.2024.
O'qildi: 1542 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик