Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

"Paxtakor" klubi xodimlarining xatti-harakati Tartib-intizom qo‘mitasiga oshiriladi

"Paxtakor" klubi xodimlarining xatti-harakati Tartib-intizom qo‘mitasiga oshiriladi

Baho:
+ | -

"Superliga 9-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" — "Qizilqum" uchrashuvi yakunida mezbon jamoa xodimlari Ilhom Yakvalxo‘jayev hamda Nodirxo‘ja Yo‘ldoshev nomaqbul harakatlarni amalga oshirdi.

Endilikda mazkur ish Tartib-intizom qo‘mitasida ko‘rib chiqiladi.

“Superliga va Pro liga reglamenti”ning 23-bobi hakamlar qaroriga shikoyat yoki e’tiroz bildirish uchun ajratilgan bo‘lsada, "Paxtakor" klubining yuqorida ko‘rsatilgan xodimlari reglamentga amal qilmay, uchrashuv hakamlariga nisbatan juda qo‘pol munosabatda bo‘ldi. Yo‘ldoshev texnik zonada hakamni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qildi, shuningdek, uchrashuv komissarining ish faoliyatiga halal berishga urindi.

Yakvalxo‘jayev esa stadionning VIP tribunasidan turib o‘ta qo‘pol so‘zlar ishlatgani yetmaganidek, keyinchalik hakamlar xonasiga bostirib kirishga uringan. Oqibatda har ikki holatda ham masalaga Milliy gvardiya xodimlari aralashgan.

"Paxtakor" klubi rasmiylari uchrashuv yakuniga yetganidan keyingi yarim soat davomida hakamlikka nisbatan shikoyat kiritmagan.

Bu esa klub personalida yakdil pozisiya mavjud emasligini bildiradi. Biroq Liga komissari stadionni tark etib, o‘z ish joyiga kelganidan keyingina "Paxtakor" texnik direktori telefon orqali aloqaga chiqib, hakamlik sifatiga nisbatan e’tiroz kiritmoqchi ekanligini bildirgan. Komissar reglamentning 23.2-bandidan kelib chiqib, e’tiroz qabul qilishni rad etgan.

Birinchidan, klub belgilangan vaqtga amal qilmagan, ikkinchidan esa e’tiroz yoki shikoyat texnik direktor emas, balki bosh murabbiy yoki sport direktori tomonidan qaydnomaga kiritilishi va imzolanishi lozim.

Qo‘shimchasiga, "Paxtakor" klubi matbuot xizmatining yana bir vakili Behzod Nazarov media tribunada stadionga tashrif buyurgan OAV vakillarining ish faoliyatiga halal berib, butun uchrashuv davomida juda qo‘pol so‘zlar bilan so‘kinib o‘tirgan.

Bu kabi holat Nazarov bilan ilk bor sodir bo‘layotgani yo‘q. O‘tgan mavsumda mutaxassis shunga o‘xshash holat uchun jarimaga tortilgandi. Afsuski, OAV bilan ishlash bo‘limi o‘zini professional tomondan tutish o‘rniga, yuqoridagi kabi hunuk holatlarga sababchi bo‘lmoqda. Bu esa Liganing e’tiboridan chetda qolmaydi. Shuningdek, "Paxtakor" matbuot xizmati klub rasmiy telegram kanalida bildirgan fikrlar uchun javob berishiga to‘g‘ri keladi.

Liga "Paxtakor" matbuot xizmatiga o‘z vazifasiga professional yondashishni tavsiya qiladi. Boisi, "Qizilqum" bilan uchrashuv yakunida matbuot anjumanida Liga tomonidan OAV vakillari uchun taqdim etilgan akkreditasiya bilan emas, balki klub tomonidan berilgan boshqa akkreditasiya bilan ishtirok etgan xodim tomonidan murabbiylarga provokasion savollar berilgani aniqlangan. Matbuot anjumanida ruxsat etilmagan shaxsning ishtirok etishi masalasi ham Liga tomonidan alohida ko‘rib chiqiladi va jazoga tortiladi.

Matbuot anjumanida "Paxtakor" klubi ustozi Maksim Shaskix klub homiysi Ligaga texnika sotib olib berish taklifini bergani va mazkur taklif rad etilgani to‘g‘risida fikr yuritgan. Liga Shaskixdan mazkur fikrini faktlar bilan konkret asoslab berishini talab qiladi.

Umid qilamizki, murabbiy buning uddasidan chiqa oladi. Agar eplay olmasa, OAV bilan keyingi uchrashuvda mazkur fikrlariga qo‘shimcha izoh beradi", — deyiladi xabarda.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 15:41, 26.05.2024.
O'qildi: 1048 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.