Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Prevyu. “Navbahor” – “Olimpik”

Prevyu. “Navbahor” – “Olimpik”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 10-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” o‘z maydonida “Olimpik” (Toshkent)ni qabul qiladi.

“Olimpik” jamoasi 2021 yilda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) va O‘zbekiston Futbol assosiasiyasi (O‘FA) tashabbusi bilan 2024 yili Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlariga puxta hozirlik olib borish maqsadida, olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilardan  tuzildi va o‘sha yilgi mavsumda Pro-ligada ishtirok etib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda Superligaga o‘tish bahsida Muborakning “Mash’al” klubini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, 2022 yildan buyon Superligada qatnashmoqda.

“Olimpik” tarkibi o‘zagini asosan, 2001 va 2002 yilda tavallud topgan futbolchilar tashkil etishadi. Jamoani esa yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilaridan biri bo‘lgan Timur Kapadze boshqarmoqda.

2022 yilning yozida yurtimizda bo‘lib o‘tgan U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston U-23 termasi tarkibi o‘zagini “Olimpik” futbolchilari tashkil etishdi hamda U-23 terma jamoamiz finalga qadar yetib borib, vise-chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, joriy yilning aprel oyida Qatarda bo‘lib o‘tgan U-23 Osiyo chempionati musobaqasida tarkibidan ko‘plab “Olimpik” futbolchilari o‘rin olgan O‘zbekiston-U-23 olimpiya terma jamoamiz  muvaffaqiyatli ishtirok etib, finalga qadar yetib bordi hamda yurtimiz tarixida ilk bor Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, “Olimpik” oldiga qo‘yilgan maqsadga erishdi va missiya bajarildi.  

“Navbahor” hamda “Olimpik” klublari O‘zbekiston Superligasida shu paytgacha 4 ta o‘yin o‘tkazishgan va ularning bittasida “lochinlar”, yana bitasida olimpiyachilar g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 2 ta bellashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbatida tenglik – 5-5.

O‘zaro o‘yinlarda ham har ikki jamoa 5 tadan ochkoga ega.

Jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi natijalari:

2022 yil
05.07.2022.  “Olimpik” – “Navbahor” – 1:1 (1:1)
Gollar: Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (39) - Jamshid Iskanderov (2).

25.10.2022. “Navbahor” – “Olimpik” – 1:1 (0:1)
Gollar: Jamshid Iskanderov (86) - Muhammadqodir Hamraliyev (42).

2023 yil
28.05.2023. “Navbahor” – “Olimpik” – 2:1 (1:0)
Gollar: Jamshid Iskanderov (43), Oston O‘runov (50) - Ruslanbek Jiyanov (90+3).

24.11.2023. “Olimpik” – “Navbahor” – 2:1 (1:0)
Gollar: Ibrohim Ibragimov (44), Sherzod Esanov (87) – Toma Tabatadze (89).

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Olimpik” uchrashuvi 30 may kuni Namangandagi “Markaziy” stadionida soat 19:30 da start oladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 19:09, 28.05.2024.
O'qildi: 1232 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.