Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spaletti Yevro-2024 haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Bu muhim turnir, unga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Biz italiyaliklarning qo‘llab-quvvatlashini his qilyapmiz.
Maqsadimiz – muxlislardan Yevropa chempionatidagi o‘yinimizdan faxrlanishlarini eshitish”, – deya Spalettining so‘zlarini keltirmoqda Sky Sport Italia.