Xarri Keyn WhoScored versiyasi bo‘yicha mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"Bavariya" hujumchisi futbolchilarning o‘rtacha reytingi asosida tuzilgan ramziy jamoaga kiritildi.
Ramziy jamoa quyidagicha:
– darvozabon: Djanluidji Donnarumma («PSJ», reyting – 7,14);
– himoyachilar: Yozua Kimmix («Bavariya», 7,13), Virdjil van Deyk («Liverpul», 7,15), Alessandro Buondjorno («Torino», 7,14), Aleks Grimaldo («Bayer», 7,58);
– yarim himoyachilar: Bukayo Saka («Arsenal», 7,67), Djud Bellingem («Real», 7,81), Rodri («Manchester Siti», 7,62), Kilian Mbappe («PSJ», 7,71);
– hujumchilar: Xarri Keyn («Bavariya», 7,82), Seru Girassi («Shtutgart», 7,73).