“Inter” uch nafar futbolchi bilan xayrlashmoqchi.
Tuttomercato nashrining La Gazette Dello Sport nashriga tayanib xabar berishicha, milanliklar so‘nggi yillarda bo‘lgani kabi asosiy futbolchilarni sotishlari shart emas. Ular bir nechta muhim bo‘lmagan o‘yinchilarni sotish orqali transfer kampaniyasini moliyalashtirmoqchi.
Shu tariqa, milanliklar taxminan 70 million yevro ishlab topmoqchi va uni darvozabon, Denzel Dumfris o‘rnini bosadigan himoyachi va to‘rtinchi hujumchiga sarflamoqchi.
"Neradzurrilar" Valentin Karbonini sotishni rejalashtirmoqda. U taxminan 30 million yevroga baholangan. Yanvar oyida "Fiorentina" uni 20 millionga sotib olishga tayyor edi.
Shuningdek, “Inter” Marko Arnautovichni arab bozorida sotib, 5 millionga yaqin daromad olishni istaydi. U uchun "River Pleyt" va "Estudiantes" raqobatlashmoqda.