Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Mavsumning ramziy jamoasi tuzib chiqildi (Goal)

Mavsumning ramziy jamoasi tuzib chiqildi (Goal)

Baho:
+ | -

Goal Yevropaning top 5 ligasi futbolchilaridan iborat mavsumning ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.

Ro‘yxatga har bir pozisiyada 2023/24 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchilari kiritilgan. Tanlov barcha musobaqalardagi natijalarga qarab, 3-4-3 sxemasi asosida amalga oshirildi.

Bundan tashqari, Goal ro‘yxatga kiritilmagan ba’zi futbolchilarning o‘yinlarini ta’kidlab o‘tdi. Gap Florian Virts (Leverkuzen), Vinisius Junior ("Real Madrid"), Koul Palmer (Chelsi), Ten Kopmeyners ("Atalanta"), Ashraf Hakimiy ("PSJ") va Niko Shlotterbek ("Borussiya Dortmund") haqida ketmoqda.

Yakuniy jamoa quyidagicha ko‘rinadi:

Darvozabon: Yan Zommer («Inter»);

Markaziy himoyachilar: Vilyam Saliba («Arsenal»), Mats Xummels («Borussiya»), Virdjil van Deyk («Liverpul»);

Qanot himoyachilari: Aleks Grimaldo, Djeremi Frimpong («Bayer»);

Yarimhimoyachilar: Rodri («Manchester Siti»), Jud Bellingem («Real»);

Hujumchilar: Xarri Keyn («Bavariya»), Kilian Mbappe («PSJ»), Fil Foden («Manchester Siti»).

Kiritildi: 16:52, 31.05.2024.
O'qildi: 4374 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик