"Real" hujumchisi Vinisius Junior Madrid klubida abadiy qolishni istayotganini tan oldi.
“Men bu yerda abadiy qolishni xohlayman. Umid qilamanki, Florentino Peres ("Real" prezidenti) bu intervyuni ko‘radi va yana shartnomamni uzaytiradi", - deya Vinisiusning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.
Vinisius 2018 yildan beri "Real"da o‘ynab kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.