Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Maksim Shaskix: «Har qanday jamoa uchun Andijonda o‘ynash qiyin»

Maksim Shaskix: «Har qanday jamoa uchun Andijonda o‘ynash qiyin»

Baho:
+ | -

«Andijon» – «Paxtakor» (1:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shaskix jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

— Barchaga xayrli kech. Andijonda har qanday jamoa uchun o‘ynash og‘ir. Ayniqsa, bunday muxlislar qarshisida to‘p surish istalgan raqibga qiyinchiliklar tug‘diradi. Bugun ishqibozlar stadionda ajoyib bayram kayfiyatini tashkil qildilar. O‘yin to‘g‘risida nima deyishim mumkin? Qiyin bo‘lishini bilardik. Mana shu uchrashuvda g‘alaba qozonganimiz uchun o‘yinchilarimdan juda xursandman. Hattoki, uch kun avval Superkubokda mag‘lubiyatga uchraganimizga qaramasdan kerakli natijaga erisha oldik. O‘sha o‘yindan keyingi xissiyotlarimiz yaxshi emasdi. Lekin biz tiklanish jarayonini yaxshi o‘tkazdik. Bugun kerakli natijani qo‘lga kiritdik.

— Biz Gazeta.uz saytidanmiz va Toshkentdan ushbu o‘yinni yoritish uchun atayin bu yerga keldik. «Andijon» ishqibozlari haqida yaxshi gaplarni eshitgandik. O‘zbekistonda futbolni rivojlanishida fan-klublarning o‘rni qanday deb o‘ylaysiz? Umuman, bugungi ishqibozlik haqida nima deya olasiz?
— Men yuqorida muxlislar haqida aytib o‘tdim. Biz «Andijon» muxlislarini yaxshi bilamiz. Bu birinchisi emas, ularning qanday qo‘llab-quvvatlashlarini avval ham ko‘rganman. Bunday muxlislik nafaqat futbol uchun, balki futbolni rivojlantirishga va taraqqiy etishiga ham yordam beradi. Biz muxlislar uchun o‘ynaymiz. Mana shunday ishqibozlar ko‘paysa va rivojlansa futbol yanada o‘sadi. Ular stadionga kelib, o‘z jamoasini olqishlab tursa albatta har qanday jamoa shunga yarasha g‘alaba qozonsa, hammasi yaxshi bo‘ladi. Lekin buning uchun muhit, infratuzilma ham shunga yarasha bo‘lishi kerak, deb o‘ylayman. Bugungi kunda futbolga oilasi, farzandlari bilan kelishadi, ishdan keyin. Futbol ko‘radi, klubiga ishqibozlik qilishadi. Yetarlicha energiya oladi va bu energiyadan so‘ng muxlislar uyiga yaxshi kayfiyatda qaytishadi. Jamoalar ham xuddi andijonlik ishqibozlar kabi shunga yarasha harakat qilishi kerak. Biz ham bu borada ishlayapmiz. O‘ylaymanki, yaqin vaqtlar ichida bizda ham stadionlar to‘lib, mana shunday muhit bo‘ladi.

— «Paxtakor» ma’muriyati muxlislar bilan ishlashda qanday yo‘l tutmoqda?
— Bir oyda ikki marta ishqibozlarimiz bilan uchrashamiz. Qariyb 50 yildan beri «Paxtakor»ga muxlislik qiladiganlar kelishadi. Sodiq ishqibozlarimiz bor. Ular bilan «Paxtakor»ning kelajagi haqida suhbatlashamiz. Bir qator loyihalar haqida muxlislarning fikrlarini ham o‘rganib chiqamiz. Biz ham fanatlarni stadionga qaytarish bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshiryapmiz.

— «Paxtakor» chempionat startini yaxshi boshlamadi. Turdan-turga o‘yin sifati ijobiy ko‘rina boshladi. Mana shuni startda amalga oshirsa bo‘lmasmidi?
— Startni yomon boshlagandirmiz, ammo hammasi o‘z o‘rniga tushyapti. Jamoani yoshartiryapmiz. Eski tarkibdan 4 futbolchi qolgandi va bizga oson bo‘lmadi. Boshida yoshlar bilan ishlash qiyinroq kechdi. Mana, asta-sekin yoshlar bilan o‘z o‘yinimizni topib boryapmiz.

— Mavsum avvalida bir qator yetakchilar klubdan ketishdi. Shunday bo‘lsada, chempionlik vazifasi qo‘yilganmi?
— Axir bu «Paxtakor». Bizda har qanday holatda ham maqsad yuqori bo‘ladi. Bunga bosqichma-bosqich erishib boramiz. Qiyin va murakkab. Ammo har bir o‘yinda natija uchun kurashamiz.

— Eshitishimizcha, ikkinchi davrada Ulug‘bek Hoshimov «Paxtakor» futbolchisiga aylanar ekan. Shu to‘g‘rimi?
— Bilmadim, bu haqida birinchi marta eshitib turibman. Bizni Osiyo maydonlaridagi o‘yinlarimiz bor, terma jamoalarimiz ham o‘z uchrashuvlarini o‘tkazadi. Shularga qarab o‘z rejalarimizni tuzib chiqamiz.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 00:44, 03.06.2024.
O'qildi: 1399 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.