Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fati: "100 foiz tayyorman"

Fati: "100 foiz tayyorman"

Baho:
+ | -

Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Ansu Fati jarohatlardan keyingi holati haqida gapirdi. Ispaniyalik futbolchi o‘tgan mavsumni "Brayton"da ijara asosida o‘tkazdi, ammo turli jarohatlar Roberto de Zerbi boshchiligida o‘zini ko‘rsatishga imkon bermadi.

"Men 100 foiz tayyorman. Odamlar meni jarohat olgan deb o‘ylashadi, lekin men yaxshiman. Men ko‘p vaqtimni sport zalida o‘tkazyapman", - dedi Fati Managing Barca bilan suhbatda.

Angliya Premyer-ligasining so‘nggi turida 21 yoshli Fati ikkita gol urdi. Avvalroq "Barselona" rahbariyati futbolchini yozgi transfer oynasida tushgan mablag‘ni boshqa operasiyalarga ishlatish uchun sotishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Kiritildi: 12:55, 03.06.2024.
O'qildi: 1511 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик