Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Konor Gallaxer jamoaga Enso Mareska bosh murabbiy etib tayinlangani haqida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, italiyalik mutaxassis "aristokratlar" bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.
“Bu haqiqatan ham hayajonli. Men u haqida yaxshi gaplarni eshitganman. Jamoadagi barcha Enso qo‘l ostida o‘ynashni sabrsizlik bilan kutmoqda.
Biz "Chelsi"ni yaxlit jamoa sifatidagi o‘rniga qaytarishni istaymiz. Umid qilamanki, biz yangi murabbiy bilan buni uddalay olamiz", - deya Gallaxerdan iqtibos keltiradi Sky Sports.