Kirish Ro'yxatdan o'tish

Konseysau uzoq vaqt ishsiz qolmaydigan bo‘ldi

Konseysau uzoq vaqt ishsiz qolmaydigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

Seshanba kuni "Portu" Serjiu Konseysau jamoa bosh murabbiyligidan iste’foga chiqqanini rasman e’lon qildi. Taniqli jurnalist Janluka di Marsioning yozishicha, 49 yoshli mutaxassis Fransiyaning “Marsel” klubini boshqarishga yaqin turibdi.

“Marsel” Fransiya chempionati so‘nggi mavsumini sakkizinchi o‘rinda yakunladi. Kelasi mavsumda provansliklar yevrokubok turnirlarida qatnashmaydi.

Aytish joizki, Serjiu Konseysau “Portu”ni yetti mavsum boshqargan. So‘nggi oylarda mish-mishlar murabbiyni ko‘plab klublar - hattoki "Barselona" va "Milan" bilan bog‘lashgandi.

Kiritildi: 17:31, 04.06.2024.
O'qildi: 1200 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик