Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ajabtovur jarohatlar

Ajabtovur jarohatlar

Baho:
+ | -

Futbolchilarning o‘yin paytida, mashg‘ulotlarda jarohat olishi odatiy hol. Lekin ba’zan o‘ta g‘ayritabiiy shikastlanishlar ham uchrab turadi

Son Xyun Min

Yaqinda Janubiy Koreya terma jamoasi qarorgohida bo‘lgan «Tottenxem» hujumchisi barmog‘ining shikastlanishi hikoyamizga turtki bo‘ldi. Osiyo Kubogi turnirining Iordaniyaga qarshi yarim final bellashuvi arafasida «PSJ» o‘yinchisi Li Kanjin bir nechta futbolchilar bilan terma jamoadagi kechki taomlanishdan keyin ping-pong (stol tennisi) o‘ynashga qaror qilishdi. Son taklifga qo‘shilmagach, o‘rtada mushtlashuv yuzaga keldi va u barmog‘idan jarohat oldi. Bir ozdan so‘ng, shovvozlar yarashib olishdi.

Kirk Brodfut

2009 yilda «Glazgo Reynjers» himoyachisi mikroto‘lqinli qaynatkichda tuxum pishirishni mo‘ljallagandi. Biroq qaynatkich eshikchasini ochganida, tuxumlarning bittasi paqillab yorildi. Oqibatda qaynoq suv Brodfutning yuziga jarohat yetkazdi va u shifoxonaga yo‘l oldi.

Karlos Teves

2018 yilda «Boka Xuniors» tarkibida to‘p surgan argentinalik hujumchi bir kuni qamoqxonada yotgan akasidan xabar olgani borib, u yerdan mushaklari shikastlangan holda qaytgandi. Bu borada ikki xil taxmin bor - Karlos turmada mahbuslar bilan futbol o‘ynagan va jarohat olgan yoki qamoqxona hududida janjalga aralashib qolgan. Qisqasi, Teves 3 hafta maydonga tusha olmay, «Boka» murabbiylarini ranjitgandi.

Sem Xenderson

Teves jarohat olishidan bir oy muqaddam Shotlandiyaning «Kuin of ze Saut» klubi darvozaboni fermaga borganida, qo‘qqisdan uni sigir suzib yiqitgandi. Aytishlaricha, Xenderson o‘rnidan turgach, sigir yana hamla qilishga otlangan, lekin darvozabon qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan ekan.

Darius Vassell

2002 yilda futbolchi noto‘g‘ri o‘sgan tirnog‘idan forig‘ bo‘lish niyatida tirnoqni drel yordamida kesishga uringandi. Lekin buni uddalay olmagan, tirnoqning qolgan qismi esa yallig‘lanib, yaraga aylangandi. Yakunda Darius «Aston Villa» shifokorlariga murojaat qilishga majbur bo‘lgan va bir oy davomida maydonga tusha olmagandi.

Marko Asensio

Oyoqlarini qirib tozalash chog‘ida infeksiyani yuqtirib olgan ispaniyalik futbolchi «Real»ning «Apoel»ga qarshi bellashuvida maydonga tusha olmadi. Chunki oyoqlaridagi og‘riq tufayli getra taqishning iloji  bo‘lmagandi.

Deyv Bizant

«Chelsi»ga qaytgan Bizantda ikkinchi marta asosiy darvozabon maqomini olish imkoniyati paydo bo‘lgandi. Biroq bunga sousli banka xalal berdi. Ko‘tarib ketayotgan bankani qo‘lidan tushirib yuborgan posbon uni oyog‘i bilan ilib olmoqchi bo‘ldi. Lekin 2 kg. og‘irlikdagi bankaning zarbidan barmog‘i sinib qoldi. Yakunda Deyv yana «Chelsi» uchun keraksiz bo‘lib qoldi.

Santyago Kanisares

Bu jarohat Kanisaresga juda qimmatga tushgan - arzimas shikastlanish tufayli «Valensiya» darvozaboni jahon chempionatini tomoshabin maqomida kuzatishga majbur bo‘lgandi. U atir shishasini oyog‘iga tushirib yuborishi oqibatida chandir paylarini kesib olgandi. Santyago o‘zini hech narsa bo‘lmagandek tutishga urindi, keyingi mundiallarda maydonga tushishini aytdi. Biroq Iker Kasilyasdek raqobatchi bunga imkon bermadi.

Shinji Kagava

Yaponiyalik futbolchi «MYU»da o‘zini ko‘rsata olmadi, lekin bo‘kib qolish bilan unutilmas iz qoldirdi. «Everton»dan qabul qilingan mag‘lubiyat alamini Shinji taomga qo‘shib yeb yuborishga qaror qildi, lekin oshirib yubordi - shunchalik ko‘p yediki, oshqozonini yuvib tozalashga to‘g‘ri keldi.

Richard Rayt

3 yil avval jomadonini olish uchun cherdakka chiqqan va yiqilib tushgan Rayt yana e’tiborsizlik oqibatida «Everton» va «Chelsi» o‘rtasidagi Angliya Kubogi turniridagi takroriy uchrashuvni o‘tkazib yubordi. Mashg‘ulot paytida u agronomlar qoldirib ketgan «Gazon ustida yurmang» yozuvli taxtachaga qoqilib, to‘pig‘idan jarohat olgandi.

Maykl Stensgaard

Bu voqea ham darvozabon bilan bog‘liq. Maykl 1994 yilda o‘z uyidagi dazmollash moslamasi o‘rnini o‘zgartirishga qaror qilib, uni ko‘tarishi oqibatida yelkasi chiqib qolgandi. Shundan beri daniyalik darvozabon uy ishlari bilan shug‘ullanmaydi.

Sveyn Grondalen

Norvegiya terma jamoasining sobiq himoyachisi 1973-1984 yillar oralig‘ida milliy jamoa tarkibida 77 marta maydonga tushgandi. Sveyn hech bo‘lmaganda yana bir uchrashuvda ishtirok etishi mumkin edi, agarda o‘rmondagi mashg‘ulotda yiqilib tushmaganida. Qizig‘i, u yerda uxlab yetgan losga qoqilib ketgan, bundan darg‘azab bo‘lgan jonivor futbolchini quva boshlagandi. Oqibatda, qochib ketayetgan Sveyn do‘nglikda yana yiqilib, oyog‘idan jarohat olgandi.

Alan Rayt

Bo‘yi 163 sm.li futbolchi Angliya futbolidagi eng pakana himoyachi edi. U o‘z avtomobilini boshqarish chog‘ida gaz tepkisiga oyog‘i yetmagani tufayli tizzasidan jarohat olgandi.

Ever Banega

«Valensiya»ning argentinalik sobiq o‘yinchisi avtomobiliga yonilg‘i quyish maqsadida mashinadan tushgan, lekin qo‘l tormozini tortib qo‘yishni unutgandi. Oqibatda, mashina yurib ketgan va oldinda ketayotgan sohibining oyog‘ini shikastlagandi. Shundan keyin Ever 6 oy maydonga tusha olmagan.

Devid Betti

«Lids»ning sobiq yarim himoyachisining oyog‘iga 3 g‘ildirakli velosipedda sayr qilayotgan 2 yoshli o‘g‘li jarohat yetkazgan.

Paulo Diogo

«Servett» yarim himoyachisi golni nishonlash uchun maydon chetidagi sim to‘siq ustiga chiqqandi. Lekin to‘siqdan pastga sakrash paytida barmog‘idagi nikoh uzugi simga ilinib qolganini sezmagan va barmog‘idan judo bo‘lgandi.

Darren Barnard

«Barnsli» yarim himoyachisi uyida it boqardi. Bir kuni kuchugi oshxona polini ho‘llab qo‘ygan, bundan bexabar bo‘lgan Darren esa sirpanib ketib yiqilgan va tizzasidan jarohat olgandi. Shu sababli futbolchi 5 oyni kuchugi bilan o‘tkazishga majbur bo‘lgandi.

R.IBROHIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 06:12, 05.06.2024.
O'qildi: 1487 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.