Seshanba oqshomida Portugaliya Yevro-2024ga tayyorgarlik ko‘rish uchun bahsda Finlyandiyani 4:2 hisobida mag‘lub etdi.
Krishtianu Ronaldu bu o‘yinda maydonga tushmadi - hujumchi klubning og‘ir mavsumidan so‘ng qo‘shimcha dam oldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 39 yoshli Ronaldu Portugaliya – Finlyandiya uchrashuvining yakuniy hisobidan so‘ng post qoldirdi: — "Olg‘a, jamoa!".