Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Srechko Katanes: «Hujumchilar xato qilsa unutiladi, biroq darvozabon xato qilsa, gapirishda davom etishadi»

Srechko Katanes: «Hujumchilar xato qilsa unutiladi, biroq darvozabon xato qilsa, gapirishda davom etishadi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes Turkmanistonga qarshi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Barchani galaba bilan tabriklayman. Afsuski, bundan ham yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi. Keraksiz xatolar golga olib keldi. Biroq ikkinchi bo‘limda keraklicha temp qo‘sha oldik. Hozir hammada kayfiyat yaxshi. Sentyabrgacha yaxshi formada borishni xohlaymiz. Bunga imkoniyat yetarli.

— Birdaniga o‘zgarish sezildi. Ikkinchi bo‘lim oldidan tanaffusda yigitlarga nima dedingiz? Ostonning vaziyatiga-chi?

— Ostonga gol ura olmagani uchun hech nima demadim. Top-futbolchilarda ham shunday holatlar bo‘lib turadi. Turkmaniston doim 4 ta himoyachi bilan o‘ynaydi. Biroq bu safar 5 ta himoyachi bo‘lib maydonga tushishdi. Shu sababli maydon markaziga bitta yarim himoyachi qo‘shdik. Har bir uchrashuvda yangilik qilishga harakat qilmoqdamiz. O‘ng qanotda muammolar bor edi va bu borada Aliqulovni sinab ko‘rdik. Uning uchinchi golga assist berishida ham bu samarani ko‘rdik.

— Termaga kelganingizda darvoza va markaziy himoya chizig‘ida muammolar bor edi. Abduvohid hozir yaxshi formada edi. O‘tkir Yusupovning xatolariga qaramay nega boshqalarga imkon bermaysiz?
— Bizda darvozabonlar murabbiyi bor. U hamma narsani biladi. Hamma ham xato qiladi. Hujumchilar xato qilsa unutiladi, biroq darvozabon xato qilsa, gapirishda davom etishadi. Hozir bizda o‘ziga xos garmoniya ketyapti.

— Penaltilar haqida nima deya olasiz?
— Mashg‘ulotlarda jonli atmosfera yo‘q. Unda jamoadoshlar aylana bo‘lib turmaydi, 50 mingta muxlislar armiyasi ham bo‘lmaydi. Mashg‘ulotlarda esa xohlagancha gol urish mumkin. Messi misolida buni ko‘rish mumkin. Uning penaltilarda qancha marta foydalana olmaganini bilasizmi? Futbolda xudodan najot so‘rash kerak va va penalti tepishdan oldin ishonch bo‘lishi kerak.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:32, 06.06.2024.
O'qildi: 3603 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик