Fransishku Konseysau Germaniyaning yetakchi klublari e’tiborini tortdi.
A Bola nashri xabariga ko‘ra, joriy mavsumda "Portu"da ijara asosida o‘ynagan "Ayaks" vingeriga "Bavariya", "Borussiya Dortmund" va "Leypsig" qiziqish bildirmoqda - ular vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishmoqda.
15 iyulgacha portugaliyalikni 30 million yevroga sotib olish mumkin, keyin tovon puli 45 millionga ko‘tariladi, futbolchining o‘zi transfer summasining 20 foizini olishga haqli.