Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Holand, Kurtua, Grilish va Reshford. Yevro—2024 musobaqasini o‘tkazib yuboradigan yulduzlar

Holand, Kurtua, Grilish va Reshford. Yevro—2024 musobaqasini o‘tkazib yuboradigan yulduzlar

Baho:
+ | -

Tez orada Germaniya maydonlarida Yevro—2024 musobaqasi start oladi. Turnirda ishtirok etadigan futbolchilar nomi allaqachon ma’lum. Bugun Yevropa Chempionatini o‘tkazib yuboradigan yulduz futbolchilarga to‘xtalib o‘tamiz.

Erling Holand va Martin Edegor — Norvegiya

Holandning 6 ta goli Ispaniya va Shotlandiya o‘rin olgan guruhda Norvegiyaga yordam bermadi. Norvegiyada Holand va Edegordan tashqari “Real”ga 4 ta gol urgan Aleksandr Syorlot hamda “Dortmund” himoyachisi Yulian Ryuyerson bor.

Lyuka Ernandes va Kristofer Nkunku — Fransiya

Ernandes yana jarohat oldi. Futbolchi avvalgi jarohati tufayli JCH—2022 ni o‘tkazib yuborgan edi (ilk o‘yindayoq maydondan chiqib ketgan) va bu musobaqada umuman qaydnomadan ham joy olmadi.

Nkunku esa mavsumni stabil o‘tkazmagani va jarohatlarga moyilligi sababli qaydnomaga kiritilmadi.

Tibo Kurtua — Belgiya

Yevropa Chempionlar Ligasi finalida “Real” darvozasini qo‘riqlagan Tibo Kurtua terma jamoa bosh murabbiyi Domeniko Tedesko bilan sardorlik bog‘ichi sabab nizoga borgan edi. Qishda Tibo: “Meni hurmat qilishmayapti. Murabbiy nega aynan Lukaku sardor bo‘lganini 7 xil turini ko‘rsatib berdi. Menga turli bosimlar bo‘ldi”, degan edi.

Tedesko esa bu gaplarni rad etdi. Yakuniy qaydnomaga esa darvozabonni kiritmadi.

David Alaba — Avstriya

Qishda jarohat olgan futbolchi hali tuzalishga ulgurmadi. Murabbiylar shtabi Davidni delegasiya safiga chaqirgan. Futbolchi Germaniyaga boradi, lekin maydonga tushmaydi. Ralf Rangnik uchun katta yo‘qotish.

Aleksander Isak va Deyan Kulusevski — Shvesiya

Belgiya va Avstriya bilan bir guruhdan joy olgan terma jamoa saralashdan o‘ta olmadi. Isak — “Nyukasl” yetakchisi. Kulusevski esa “Tottenhem” yulduzi hisoblanadi. Shuningdek, Shvesiya safida o‘ynaydigan “Sporting” superhujumchisi Viktor Dokeresh va “Manchester Yunayted” himoyachisi Viktor Lindeleflar ham turnirni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Manuel Lokatelli, Franchesko Acherbi, Jorjo Skalvini va Sandro Tonali — Italiya

Yevropa chempioni Lokatelli Luchano Spallettining ishonchiga kira olmadi. Uning o‘rniga murabbiy 7 oylik diskvalifikasiyadan qaytgan Nikolo Fajoliga ishonch bildirdi.

Jorjo Skalvini esa qaydnomadan joy olgan edi. Biroq “Atalanta”ning so‘nggi o‘yinida jarohat oldi. “Sassuolo” bilan birga A Seriyadan quyi divizionga tushib ketgan Domeniko Berardi va uzoq muddatga diskvalifikasiya qilingan Sandro Tonali ham Italiyaga yordam bera olmaydi.

Stefan Savich — Chernogoriya

“Atletiko”ning eng muhim futbolchilaridan biri yana bir bor xalqaro turnirni o‘tkazib yuboradi.

Rafael Gerreyru — Portugaliya

Himoyachi jarohati sababli terma jamoa safiga chaqirilmadi. Shuningdek, Rafael YECHL yarim finalida “Real”ga qarshi o‘yinni ham o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi. Gerreyru butun mavsumni ko‘ngildagidek o‘tkaza olmadi: ba’zida jarohat olgan bo‘lsa, ba’zan “Bavariya” asosiy tarkibidan joy ololmadi.

Mats Hummels, Leon Goreska va Serj Gnabri — Germaniya

“Ikkala futbolchi bilan ham uzoq suhbat qurdik. Ular xafa bo‘ldi, buni tushunish mumkin. Yevroda ishtirok etish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi. Afsus, ular qaydnomadan joy olmadi”, — degandi bosh murabbiy Yulian Nagelsmann.

Shuningdek, murabbiy “Borussiya”dan Yulian Brandt hamda Karim Adeemini chaqirmadi. Serj Gnabri esa jarohati sababli tarkibdan joy olmadi.

Edin Jeko va Mirolim Pyanich — Bosniya va Gersegovina

An’anaviy vaziyat: Bosniya o‘tish o‘yinigacha chiqdi va Ukrainaga mag‘lub bo‘ldi. Jeko “Fenerbahche”da o‘ynashda davom etadi, Pyanich esa BAAda javlon uradi.

Arkadiush Milik — Polsha

Hujumchi turnirga oz muddat qolganda jarohat oldi. Polsha o‘z yetakchilaridan birining xizmatidan foydalana olmaydi.

Isko, Gavi va Aleks Balde — Ispaniya

Uchala futbolchi ham jarohat olgan. Ayniqsa, 31 yoshli Iskoning jarohat olishi afsuslanarli: yarim himoyachi “Betis” safida ajoyib mavsumlaridan birini o‘tkazgan edi. Gavi esa anchadan buyon maydonga tushmayapti, Balde operasiyadan so‘ng uzoq muddatga safdan chiqqan.

Markus Reshford, Ben Uayt, Harri Maguayr, Jeyms Meddison, Jek Grilish va Jeydon Sancho – Angliya

Reshford “Manchester Yunayted” tarkibida eng yomon mavsumini o‘tkazdi, uni tarkibga chaqirmaslik uchun mantiqli sabab bu. Uayt esa murabbiylar shtabi bilan til topisha olmasdan, o‘zi musobaqada ishtirok etishdan bosh tortdi. Shuningdek, “Chelsi” safida deyarli maydonga tushmagan Ris Jeyms va “Milan” himoyachisi Fikayo Tomorini ham qayd etib o‘tish lozim. Lekin hali jarohatidan to‘liq tuzalmagan Lyuk Shou termaga chaqirilgan.

Harri Maguayr, Jeyms Meddison va Jek Grilishlar yakuniy qaydnomadan so‘nggi lahzalarda chiqarib tashlangan. Maguayr — jarohati sababli. Meddison va Grilish o‘rniga esa Sautgeyt mavsumni yaxshiroq o‘tkazgan futbolchilar borishini ta’kidladi. Hujum chizig‘i shundoq ham kuchliligi bois, “Borussiya D” safida mavsumning yarmini ajoyib o‘tkazgan Jeydon Sancho tarkibdan tushirib qoldirildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:49, 10.06.2024.
O'qildi: 1870 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.