Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Frenki de Yong Yevroni o‘tkazib yuborishi haqida fikr bildirdi

Frenki de Yong Yevroni o‘tkazib yuborishi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Frenki de Yong Yevro-2024'ni o‘tkazib yuborishi haqidagi xabarga izoh berdi.

27 yoshli futbolchi to‘pig‘idan olgan jarohati sabab turnirda ishtirok eta olmaydi.

"Yevroda o‘ynay olmasligimdan juda xafaman. Biz so‘nggi bir necha hafta davomida juda qattiq mehnat qildik, ammo to‘pig‘im tiklanishi uchun ko‘proq vaqt kerak. Yirik turnirda terma jamoa safida o‘ynash, to‘q sariq rangli formamizda maydonga tushish, butun mamlakat qo‘llab-quvvatlashini his qilish – orzu. Lekin endi men ham barcha muxlislarimiz kabi jamoaga tashqaridan yordam berib boraman. Davom eting, yigitlar! – deb yozdi de Yong ijtimoiy tarmoqlarida.

Yevro-2024 14 iyundan 14 iyulga qadar Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Qur’a natijalariga ko‘ra Niderlandiya terma jamoasi Polsha, Avstriya va Fransiya bilan birga “D” guruhidan joy oldi.

Kiritildi: 06:54, 11.06.2024.
O'qildi: 1167 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.