"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal Yevropa chempionati vaqtida ham maktabini unutmaydi.
"Men uy vazifalarimni Yevroga olib keldim, chunki men ESO ning 4-kursida o‘qiyman. Internetda darslarim bor va men yaxshi ishlayapman. Umid qilamanki, o‘qituvchi meni qoldirib yubormaydi", - dedi 16 yoshli futbolchi.