"Milan"ning sobiq murabbiyi Stefano Pioli Angliya Premyer-ligasidan tushgan taklifni rad etdi. Italiyalik Milanni tark etishdan oldin ingliz tilini o‘rganayotganini va yangi chaqiruvga tayyorlanayotganini tan oldi.
Pioli Premyer-liga klubidan taklif olgan. Gap "Nottingem Forest" haqida ketayotgani taxmin qilinmoqda.
Murabbiy qiziqish bildirmadi, chunki u yana-da jozibali ish topishga umid qilmoqda. Stefano Pioli "Milan"ni 2019 yilning oktyabridan buyon boshqarib kelmoqda edi.
Mutaxassisning “rossonerilar” boshqaruvidagi asosiy yutug‘i 2021/22 yilgi mavsumda A seriyadagi g‘alaba bo‘ldi. "Nottingem Forest" so‘nggi Premyer-ligani 17-o‘rinda yakunladi.