Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"Metallurg" chernogoriyalik legioneri bilan shartnomani bekor qildi

"Metallurg" chernogoriyalik legioneri bilan shartnomani bekor qildi

Baho:
+ | -

Bekobodning “Metallurg” jamoasi chernogoriyalik hujumchisi Boban Jorjevich bilan ikki tomonlama kelishuvga ko‘ra shartnomani bekor qildi.

Boban Jorjevich 2024 yilgi mavsum boshida "Metallurg" tarkibiga kelib qo‘shilgan edi. Murabbiylar shtabi unga Superliganing 9 ta uchrashuvida maydonga tushish imkoniyatini berdi. Shulardan 4 tasini boshlang‘ich tarkibda, 5 tasini esa zahiradan o‘yinga qo‘shilish tarzida taqdim etishdi.

Boban Jorjevich “Metallurg” tarkibidagi 388 daqiqalik faoliyati davomida bitta gollik uzatmani amalga oshirdi. 1-turda “Lokomotiv”ga qarshi o‘yinda Abror Toshqo‘ziyev goliga assistentlik qildi. 2 marta sariq kartochka bilan "siylandi".

O‘zbekiston kubogining 1-bosqich guruh o‘yinlarining barchasida boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi, 268 daqiqa to‘p surdi, 1 ta o‘yinda zahiraga olindi. 1 ta gol urdi, 1 ta gollik uzatmani amalga oshirdi.

“Metallurg” futbol klubi Boban Jorjevichga Bekoboddagi faoliyati uchun minnatdorlik bildiradi va uning kelgusi faoliyatiga omad tilaydi" - deyiladi bekobodliklarning rasmiy sahifasida.

Kiritildi: 17:10, 13.06.2024.
O'qildi: 811 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик