Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Xummels: "Dortmundda uzoq vaqt beri klub bosib o‘tgan yo‘lning bir qismi bo‘lish men uchun katta quvonch va sharafdir"

Xummels: "Dortmundda uzoq vaqt beri klub bosib o‘tgan yo‘lning bir qismi bo‘lish men uchun katta quvonch va sharafdir"

Baho:
+ | -

Mats Xummels "Borussiya Dortmund" bilan iliq xayrlashdi.

Bugun nemis klubi 35 yoshli himoyachining ketishini e’lon qildi.

"Hurmatli muxlislar, mening Dortmunddagi faoliyatim klubdagi 13 yildan ko‘proq vaqtdan so‘ng o‘z nihoyasiga yetdi. Dortmundda uzoq vaqt o‘ynash va 2008 yilning yanvaridan beri klub bosib o‘tgan yo‘lning bir qismi bo‘lish men uchun katta quvonch va sharafdir.

Bu klub va bu muxlislar o‘zgacha, men uchun esa bundan ham ko‘proq. Shuningdek, men Dortmundda ushbu klub uchun shunday ajoyib ishlarni amalga oshirayotgan barchaga va, albatta, bu yerda uchrashgan son-sanoqsiz ajoyib murabbiylar va fantastik jamoadoshlarimga rahmat aytmoqchiman.

Men barchamiz kuboklarni nishonlash uchun imkon qadar tezroq Borzigplasda to‘planishimizni juda xohlayman. Ungacha chetdan turib, vaqti-vaqti bilan stadionimizda ham xursand bo‘laman. Men sizlarni sog‘inaman", - dedi 35 yoshli Xummels.

Eslatib o‘tamiz, Mats 2008 yildan 2016 yilgacha "Borussiya" safida o‘ynagan. Keyin u "Bavariya"ga yo‘l oldi va 2019 yilda Dortmundga qaytdi. U "Borussiya" bilan 6 ta sovrin, shu jumladan 2 ta chempionlik, shuningdek, ikki marta Chempionlar ligasi finalida o‘ynagan.

O‘tgan mavsumda Xummels Bundesligada 25ta o‘yin o‘tkazib, 3ta gol urgan.

Kiritildi: 16:42, 14.06.2024.
O'qildi: 532 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик