Germaniya terma jamoasi Yevroda g‘alaba qozongan o‘yinlar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.
Yulian Nagelsmann shogirdlari 2024 yilgi Yevropa chempionatining ochilish o‘yinida Shotlandiyani mag‘lub etishdi (5:1).
Turnirning butun tarixida nemislar 28 uchrashuvda g‘alaba qozonishgan. Bu boradagi eng yaqin raqiblar – Italiya, Ispaniya va Fransiyada 21tadan, Niderlandiyada 20tadan g‘alaba bor.
19-iyun kuni Germaniya Vengriya bilan, 23-iyun kuni Shveysariya bilan uchrashadi.