Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA 0-3 Yaponiya
10/01 16:30 Livan 2-4 Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo 1-1 Betis
10/01 19:00 Eron 0-0 O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze 2-2 Piza
10/01 19:00 Komo 1-1 Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal 3-1 Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma 2-0 Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio
12/01 00:45 Inter - Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni - Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya - Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa - Kalyari

Artyom Petrosyan: «Xomyakov maydondan chetlatildi? Futbolni robot singari jim turib tomosha qilib bo‘lmaydi»

Artyom Petrosyan: «Xomyakov maydondan chetlatildi? Futbolni robot singari jim turib tomosha qilib bo‘lmaydi»

Baho:
+ | -

Superliga 11-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" – "Andijon" (3:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar murabbiyi Artyom Petrosyan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O‘yin borasida nima deyishim mumkin? Juda yomon boshladik. Ikki o‘yindan beri tezkor gol o‘tkazib yubordik. O‘zimizga kela boshlaganimizda, qizil kartochka oldik. Yigitlar hali ham emosiyada. 0:2 dan keyin qo‘lni tushirib yuborishmagani uchun ularga tashakkur. 2:2 qildik, qo‘shimcha daqiqalarda gol o‘tkazib yuborganda ham bo‘sh kelmadik. O‘yini tortib oldik. Bugun 85 daqiqa davomida bir kishi kam bo‘lib harakat qildik. Bemalol, ochko ishladik deb ayta olaman.

Nima uchun bosh murabbiyga qizil kartochka ko‘rsatildi? To‘g‘risi, bilmadim. Balki, golni juda emosiyaga berilgan xolda nishonlagani uchun kartochka ko‘rsatilgandir. Futbol bu emosiya. Uni robot singari jim turib tomosha qilib bo‘lmaydi. Nafaqat murabbiy, balki butun zaxira o‘rindig‘i o‘rnidan turib ketdi. Bunday og‘ir o‘yinda, bu normal xolat.

Arveladze zaxiradan o‘yinga qo‘shilib bizga 1 ochko olib keldi. Har bir bahs uchun rejamiz bor. Shundan kelib chiqib tarkib tanlaymiz.

"Andijon" optimal tarkib tanlashda kech qolmadimi? "Manchester Siti" yoki "Real" murabbiyiga bu savolni bersangiz, ular ham bir yo ikki pozisiyani kuchaytirish kerakligini aytadi. Kechagi mashg‘ulotdan kelib chiqib tarkib tanlangan", — dedi Petrosyan.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 06:26, 16.06.2024.
O'qildi: 892 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.