Hujumchi Xarri Keyn Angliya terma jamoasining Yevro-2024 guruh bosqichining Serbiyaga qarshi o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Shu tariqa, Keyn yirik turnirlarda eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha Angliya rekordchisiga aylandi – 24. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u “Arsenal” va “Chelsi”ning sobiq himoyachisi Eshli Koulni ortda qoldirdi.