"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag Angliya jamoasining kuchini yuqori baholadi.
Niderlandiyalik mutaxassis kechagi Yevropa chempionati doirasidagi Angliya va Serbiya uchrashuvida ekspert vazifasini bajardi.
“Inglizlar negadir favorit sanaladi – ularning ajoyib jamoasi bor. Angliyaning yarim himoyasi bu Yevroda eng yaxshisi.
U yerda Bellingem ham bor, qanotlardagi sifat ham eng yuqori darajada”, - deya Ten Xagning so‘zlarini keltiradi UnitedStand.