Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

“Metallurg”ni keyingi o‘yinlarga kim tayyorlashi ma’lum bo‘ldi

“Metallurg”ni keyingi o‘yinlarga kim tayyorlashi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Chernogoriyalik mutaxassislar iste’fo bergach “Metallurg” futbol klubini keyingi bahslarga katta murabbiy Ilyos Qurbonov tayyorlaydigan bo‘ldi. Klub rahbariyati jamoaga kim bosh murabbiy bo‘lishi borasida tez orada bir to‘xtamga keladi.

Ilyos Qurbonov Toshkent viloyati futboli tarbiyalanuvchisi sanaladi. Futbolchi sifatida professional faoliyatini Angrenning “Semurg‘” jamoasida boshlagan. Keyinchalik oliy liganing “Buxoro”, “Nasaf”, “Dinamo”, “Metallurg” jamoalarida to‘p surdi. Futbolchilik faoliyatini Jizzaxning “So‘g‘diyona” futbol klubida yakunladi.
Ilyos Qurbonov O‘zbekiston chempionatida 320 ta uchrashuvda maydonga chiqqan va raqiblari darvozasiga 72 ta to‘p kiritgan. O‘zbekiston terma jamoasiga chaqirilgan va bitta o‘yinda maydonga tushgan.

2015 yildan murabbiylik sohasiga o‘tgan Ilyos Qurbonov qadrdon klubi – “Metallurg”da turli lavozimlarda ishlab kelmoqda. Avvaliga yoshlar jamoasida murabbiy, bosh murabbiy vazifalarida faoliyat olib borgan Ilyos Qurbonov 2023 yildan klubning asosiy tarkibida katta murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.

Manba: "Металлург" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 19:04, 17.06.2024.
O'qildi: 811 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.