Fransiya terma jamoasi markaziy hujumchisi Olivye Jiru jamoadoshi Kilian Mbappening jarohati haqida fikr bildirdi.
Yevro-2024 guruh bosqichining Avstriyaga qarshi uchrashuvida (1:0) hujumchining burni singan.
“Biz barchamiz Kilian imkon qadar tezroq tuzalib ketishiga umid qilamiz. Bu jamoa uchun noqulaylik tug‘diradi.
Qanchalik og‘riyotganini bilaman. Bu menda oldin ham bo‘lgan", - deydi tajribali to‘purar.