Turkiya terma jamoasi hujumchisi Kaan Ayxan 2024 yilgi Yevropa chempionati guruh bosqichi 1-tur uchrashuvida Gruziyaga qarshi kechgan 3:1 hisobidagi g‘alaba haqida fikr bildirdi.
"Biz turnirning dastlabki o‘yinlari eng qiyin va ayni paytda eng muhimi ekanligini tushunamiz.
Portugaliya bilan o‘yinda autsayder bo‘lamiz. Ular Yevro-2024 favoritlari qatorida. Ammo biz ularga jamoa qanchalik xavfli ekanligini ko‘rsata olamiz", - deya Ayxanning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.