Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

"Dinamo" stadioni test tariqasida "Andijon"ni qabul qiladi

"Dinamo" stadioni test tariqasida "Andijon"ni qabul qiladi

Baho:
+ | -

"Dinamo" maydoni futbol uchrashuvlarini qabul qilish uchun tayyor. Chim, uning ostidagi drenaj va sug‘orish tizimlari bilan bog‘liq muammo bartaraf etilgan bo‘lib, endilikda uni amalda sinab ko‘rish lozim.

Avvalroq "Dinamo" Superliga uchrashuvlaridan birini o‘tkazish taklifi bilan chiqqan bo‘lib, Liga o‘rganishlar xulosasi asosida qator kamchiliklarni aniqlagan hamda taklif rad etilgandi. Shundan keyin ayrim masalalarda ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Mana shu jihatni inobatga olib, Superliga 12-turidan o‘rin olgan "Dinamo" — "Andijon" uchrashuvini Samarqand shahrida o‘tkazish maqsadga muvofiq deb topildi.

20-21 iyun kunlari Liga mutaxassislari Samarqand shahrida bo‘ladi va stadionni to‘liq qayta ko‘zdan kechiradi. Maydonning qanchalik tayyor ekanligi va uning kelgusi parvarishi borasidagi rejalar "Andijon" bilan o‘yindan keyin yana bir karra aniqlashtirib olinadi. Stadionning texnik hududi bilan bog‘liq qolgan masalalar yuzasidan esa Liga viloyat hokimligi hamda "Dinamo" futbol klubi o‘rtasida qo‘shimcha kelishuv imzolaydi. Unda qayd etilgan masalalar joriy yilning 20 iyul sanasiga qadar bartaraf etilgan taqdirdagina "Dinamo" 2-davra bellashuvlarini to‘liq Samarqand shahrida o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

Shundan kelib chiqib, Superliga 12-turidan o‘rin olgan "Dinamo" — "Andijon" uchrashuvi 22-iyun kuni test tariqasida Samarqand shahrida o‘tkaziladi. "Dinamo" stadioni bilan bog‘liq kelgusi rejalarga roppa-rosa bir oydan keyin aniqlik kiritiladi.

Kiritildi: 17:01, 19.06.2024.
O'qildi: 1171 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.