Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

Kosovo Serbiya ustidan shikoyat bilan yana UYEFAga murojaat qildi

Kosovo Serbiya ustidan shikoyat bilan yana UYEFAga murojaat qildi

Baho:
+ | -

Kosovo futbol federasiyasi yana Serbiyani muxlislarning Yevropa chempionatidagi xatti-harakatlari uchun jazolashni talab qilmoqda.

Voqea 2-turdan o‘rin olgan Serbiya va Sloveniya (1:1) o‘yinida yuz berdi.

"Kosovo futbol federasiyasi millatchilik da’vatlarini va Serbiya bayrog‘ining Kosovo xaritasi va "Taslim bo‘lmang" yozuvi aks ettirilishini keskin qoralaydi. Futbol stadionlarida bunday xatti-harakatlarning takrorlanishi, ayniqsa UYEFA tomonidan oldingi jazolardan so‘ng, qabul qilinishi mumkin emas va UYEFA organlaridan jiddiyroq choralar ko‘rishni talab qiladi.

Shovinistik ritorikani o‘z ichiga olgan xabarlar sport qadriyatlariga zid bo‘lgan va UYEFAning asosiy tamoyillariga putur yetkazadigan shafqatsizlikdir. Biz yana bir bor UYEFA organlarini butun Yevropa futbol oilasi bilan teng huquqlarga ega bo‘lgan mamlakatimizga qarshi qaratilgan bunday dushmanona xabarlarga qarshi kurashda kuchliroq bo‘lishga chaqiramiz.

Shuningdek, turnir tashkilotchilaridan bunday holatlarning oldini olish uchun yanada hushyor bo‘lishlarini so‘raymiz.

KFF futbolning asl qadriyatlarini targ‘ib qilishda davom etadi, birdamlik va futbol bilan shug‘ullanuvchilarning barchasini hurmat qilishni targ‘ib qiladi", - deyiladi Kosovo futbol federasiyasi bayonotida.

Kiritildi: 10:01, 21.06.2024.
O'qildi: 1572 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик