Rob Peydj Uels terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi.
U 2020 yilning noyabrida Rayan Giggz o‘rniga terma jamoani boshqarishni boshlagandi. Mutaxassis 3,5 yillik faoliyati davomida terma jamoani 64 yil ichida ilk bor 2022 yilgi jahon chempionatiga olib chiqishga va Yevro-2020 guruh bosqichidan chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
Ammo mart oyida Polshaga qarshi pley-off finalida (0:0, 4:5) penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan Uels Yevropa chempionatiga chiqa olmadi.