Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. TEAM Talk ma’lumotlariga ko‘ra, "Liverpul" turkiyalik yarim himoyachiga qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Gyuler o‘tgan mavsumning birinchi yarmini turli jarohatlar tufayli o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, keyinchalik La Liganing o‘nta uchrashuvida 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Yarim himoyachiga keyingi mavsumda asosiy tarkibda muntazam joy olish kafolatlanmagan, shuning uchun "Liverpul" Ardani o‘yin amaliyoti kafolati yordamida o‘ziga jalb qilishi mumkin.
Avvalroq Gyuler "Real Sosedad"ga ijaraga berilishi ham xabar qilingandi. "Los Blancos" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yaqinda Arda kelasi mavsumda "Santyago Bernabeu"da qolishini aytdi.