Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Mavsumdagi e’tiborli voqealar

Mavsumdagi e’tiborli voqealar

Baho:
+ | -

Yaqinda nihoyasiga yetgan mavsumda ingliz futboli ixlosmandlari bir qator qiziqarli va ibratli voqealarga guvoh bo‘lishdi. Ularning ayrimlarini sizlarga yetkazishni lozim topdik.

1. Yil stadioni

APLning yangi a’zosi bo‘lmish «Luton» bosh­qa jamoalar muxlislarining shaharga va stadionga kelib ketishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida, kimningdir turar-joy binosi va orqa hovlidan mehmonlar sektoriga alohida yo‘l ochib qo‘ydi. Jamoa elitada muntazam to‘p surish uchun bor kuch-mahoratini sarfladi. Lekin afsuski, u yaratgan qulayliklardan yana Chempionship jamoalarining ishqibozlari foydalanadigan bo‘lishdi. Ha, aytgancha, statistika ma’lumotlariga binoan, mahalliy jamoaning elitada to‘p surayotgani notinch shaharga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi - Lutondagi jinoyatchilik sezilarli darajada pasaydi.

2. Yil qutqaruvi

Yo‘q, bu hikoya darvozabonlarning seyvlari yoki jon saqlash uchun ayovsiz kurash haqida emas. Dekabr oyida bo‘lib o‘tgan «Bornmut» - «Luton» uchrashuvi «shlyapado‘zlar» sardori Tom Lokyerning yuragi urishdan to‘xtab qolishi oqibatida to‘xtab qolgandi. «Bornmut» shifokorlari tez tibbiy yordamni ko‘rsatgunlariga qadar futbolchi 2,5 daqiqa nafas olmadi.

Oradan 3 oy o‘tgach, takroriy o‘yin arafasida Tom va shifokorlar maydonga tushdilar. Hayotini saqlab qolishgani uchun futbolchi ularga minnatdorchilik bildirdi. «Bornmut» esa o‘yin programkasi muqovasini Tomning surati bilan bezatdi - begona jamoa o‘yinchisi uchun mislsiz holat.

3. Yil saxiyligi va yil kambeki

Avvalgi voqeaning davomi. Lutonliklarga Bornmutdagi takroriy uchrashuvga kelishni istagan muxlislar yetishmayotganligidan xabardor bo‘lgan mahalliy ishqibozlar mablag‘ to‘plashga kirishdilar. Ular 4ta avtobusni mehmonlar uchun ajratib, kira haqiga 1000 funt to‘plashni mo‘ljallashgandi. Yig‘ilgan mablag‘ 2 baravar ko‘proq chiqqach, tashkilotchilar ortiqcha mablag‘ni yurak xastaliklarini davolash bilan shug‘ullanadigan muassasaga hadya etdilar.

Mezbonlarning sahovatpeshaligi munosib taqdirlandi: 0:3 hisobida imkoniyatni boy berayotgan «Bornmut» yakunda 4:3 hisobida zafar quchdi. Bunaqa buyuk kambek APLda 20 yildan beri bo‘lmagandi! «Luton»dagilar esa o‘zgacha in’omdan umidvorlar - Tom Lokyar yana maydonga qaytishi mumkin.

4. Yil banneri

«Brayton» fanatlari «Roma»ning ultras muxlislariga Rimda namoyish etishgan marhuma qirolicha Yelizavetaga bag‘ishlangan haqoratomuz bannerlari uchun munosib javob qaytarishdi. Inglizlar kinoyasi dahshatli chiqdi: «Totti pissadagi ananaslarni yaxshi ko‘radi».

5. Yil parvozi

Bu borada 2 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilgan Rayan Reynaldsning «Reksxem» jamoasi g‘olib bo‘lishi mumkin edi. Biroq buning uchun mutasaddilar haddan tashqari ko‘p mablag‘ sarflashdi. «Ipsvich» esa 2 yil ichida Liga 1dan APLga Chempionshipdagi autsayderning byudjetiga teng mablag‘ bilan parvoz qildi. Fantastik parvozning ijodkori - ilk bor bosh murabbiy kursisini band etgan, faqat Mourinyo va Sulsherga yordamchi vazifasida ishlagan 37 yoshli Kiran Makkenna.

«Ipsvich»da muvaffaqiyat qozongan murabbiylar keyinchalik Angliya terma jamoasiga o‘tishganini inobatga olsak, sochlari barvaqt oqargan Garet Sautgeyt («MYU»dagi 1 yil 3 yilga teng) o‘rnida shimoliy irlandiyalik mutaxassisni ko‘rsak, ajablanmaymiz. 

6. Angliya kubogidagi yil afsuni

Jahonning eng ko‘hna turniri bu yil sehrli syujetlari bilan muxlislarni quvontirdi. Avvaliga 6-diviziondagi «Maydstoun» sensasion «Ispvich»ni mahv (gollar bo‘yicha 2:1, zarbalar bo‘yicha 2:38) etdi - bu liga jamoalari 46 yildan beri mazkur bosqichga chiqa olishmagandi.

Keyingi raundda «Maydstoun» «Koventri»dan yengildi, u esa chorak finalning 97-daqiqasigacha «Vulverxempton»ga imkoniyatni boy berib, keyin 2ta gol urdi. Yarim final bahsi yanada qiziqarli o‘tdi. «MYU»dan 3ta gol qabul qilgan «Koventri» 25 daqiqa ichida muvozanatni tikladi, 120-daqiqada urgan goli inobatga olinmadi, penaltilar seriyasi evaziga «MYU» finalga chiqdi va favorit maqomidagi «Siti»dan Kubokni yulib oldi.

7. Yil murabbiyi

Saraton xastaligiga chalingan Sven-Yoran Eriksen doimo «Liverpul» muxlisi bo‘lgani, murabbiy kursisida o‘tirishni orzu qilganini aytgandi. Umri yakuniga yaqinlashib qolgan murabbiy orzusini ro‘yobga chiqarishni ko‘zlagan klub uni «Ayaks» faxriylariga qarshi o‘yinga taklif etdi. O‘sha kuni natijaning ahamiyati bo‘lmasada, 0:2 hisobida ortda qolayotgan «Liverpul» hisobni 4:2ga o‘zgartirdi va g‘amgin voqeaga ozgina bo‘lsada, quvonch bag‘ishladi.

O‘yindan keyin 76 yoshli shvesiyalik mutaxassis uchrashuv boshlanishi arafasida «Rahmat, «Liverpul» qo‘shig‘ini ko‘zlarida yosh bilan tinglaganini aytib, tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirdi. Hammasi uchun senga ham rahmat, Sven.

8. Yil faxriysi

2016 yilda «Lester»ning chempionligiga ulkan hissa qo‘shgan 37 yoshli Jeymi Vardi endi jamoaning elitaga qaytishida muhim rol o‘ynadi. Faxriy hujumchi 35 o‘yinda 18ta gol urdi. Mavsum davomida nechta «Red Bull» ichimligini ichib tugatganini hatto Opta ham bilmaydi.

Taqdirlash marosimida ajoyib iltifot ko‘rsatib, sovrinni yolg‘iz o‘zi ko‘tarishni istamadi va yoniga boshqa faxriylar - Mark Olbrayton bilan Rikardu Pereyrani chorladi.

9. Faxriylar nominasiyasi bor joyda, o‘smirlarga ham joy ajratish shart

«Arsenal» tizimida va Daniyada to‘p surayotgan 16 yoshli Chido Obi-Martin noyabrda «Liverpul»ga 10ta (U-16) gol urdi, keyin U-18 tarkibida «Norvich»ga 7ta gol urdi. Hozir uning hisobida 18 o‘yindagi 32ta gol bor.

Biroq Chidoning kattalar futbolida natijasi yo‘q. 19 yoshli Kobbi Maynu esa «MYU»da o‘ta muhim gollarni amalga oshirmoqda. Masalan, «Liverpul»ni chempionlik poygasidan judo qildi, Angliya Kubogi finalida «Siti» darvozasiga g‘alaba golini urdi va uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi unvonini oldi.

Bolaligidan Angliya terma jamoasida o‘ynashni orzu qilgan futbolchi mart oyida qo‘qqisdan yoshlar jamoasidan bosh jamoa safiga o‘tganida, quvonganidan barcha tanishlari va qarindoshlariga qo‘ng‘iroq qildi. O‘shanda Belgiyaga qarshi maydonga tushgan 18 yoshli yarim himoyachi maydondagi eng yaxshi o‘yinchilarning biri bo‘lgandi. Faxriy Xenderson Yevro-2024 turniriga bormasligini inobatga olsak, Kobbi yaxshi imkoniyatga ega.

10. Yilning madaniy voqeasi

Terma jamoa mavzusida teatrga oid voqeani eslamaslik mumkin emas. Shu oyda Londonda Garet Sautgeyt davridagi terma jamoaga bag‘ishlangan spektakl premyerasi boshlandi. Futbolni uyiga qaytarib, uning shaydosiga aylangan millatni davolashga qaror qilgan qahramon haqidagi qissaning muvafaqiyati «VVS»ni shu mavzuda mini-serial yaratishga undadi. Serialni kutamiz, lekin asosiysi - Yevro-2024!

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 06:00, 23.06.2024.
O'qildi: 634 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.