Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

O‘zbekiston o‘smirlari Markaziy Osiyo chempionatida 45 ta medal bilan tengsiz bo‘ldi!

O‘zbekiston o‘smirlari Markaziy Osiyo chempionatida 45 ta medal bilan tengsiz bo‘ldi!

Baho:
+ | -

20 iyun kuni Chirchiq shahrida start olgan o‘smirlar (U-17) o‘rtasidagi Markaziy Osiyo chempionati bugun o‘z yakuniga yetdi.

Mintaqaning eng kuchli 100 nafardan ortiq polvonlari ishtirok etgan bu galgi musobaqa qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ushbu musobaqada 22 ta oltin, 16 ta kumush va 7 ta bronza, jami 45 ta medal jamg‘argan holda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.

Hisobida 9 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza, jami 16 ta medal bo‘lgan Turkiya terma jamoasi esa ikkinchi o‘rinni band etdi.

8 ta oltin 1 ta kumush va 2 ta bronza jamg‘argan qo‘shni Qozog‘iston terma jamoasi esa umumjamoa hisobida kuchli uchlikka yakun yasab berdi.

Bundan tashqari, musobaqada qatnashgan Qirg‘iziston 34 ta (3 ta oltin, 10 ta kumush va 21 ta bronza), Turkmaniston 13 ta (11 ta kumush, 2 ta bronza) va Tojikiston terma jamoasi a’zolari 7 ta (7 ta bronza) medal qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash kerakki, Markaziy Osiyo chempionatining bu galgi mukofot jamg‘armasi 16 ming AQSH dollarini tashkil etdi va sovrindorlar mos ravishda 500 (oltin medal), 300 (kumush medal) va 200 (bronza medal) AQSH dollari miqdorida mukofot bilan taqdirlandi.

O‘g‘il bolalar orasida o‘zbekistonlik Nodir Jo‘rayev, qiz bolalar orasida esa qozog‘istonlik Kseniya Pozorova musobaqaning eng yaxshi sportchisi deb topildi.

Kiritildi: 22:40, 24.06.2024.
O'qildi: 731 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.