Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Kudusning "Vest Xem" bilan shartnomasidagi tovon puli miqdori oydinlashdi

Kudusning "Vest Xem" bilan shartnomasidagi tovon puli miqdori oydinlashdi

Baho:
+ | -

"Vest Xem"dan hujumkor yarim himoyachi Muhammad Kudusni klublar qanchaga sotib olishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.

23 yoshli futbolchi Amsterdamning "Ayaks" klubidan ko‘chib o‘tganidan so‘ng Angliyada debyut mavsumini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Insayder Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, Kudusning "Vest Xem" bilan shartnomasidagi tovon puli 85 million funt sterlingni (taxminan 100 million yevro) tashkil etadi va bu band allaqachon kuchga kirgan.

Muhammad Kudusga "Liverpul" va Premyer-liganing boshqa klublari qiziqish bildirmoqda. O‘tgan mavsumda ganalik futbolchi "bolg‘achilar" safida 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 08:50, 25.06.2024.
O'qildi: 811 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик