Yevro-2024 doirasidagi Angliya va Sloveniya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.
Guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan jamoalarning uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlandi.
Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi uchun UYEFA tomonidan sovrin Sloveniya terma jamoasi yarim himoyachisi, “Panatinaikos” vakili Adam Gnezda-CHeringa topshirildi.
Uchrashuvning 90 daqiqasida Gnezda-CHerin 11,8 km yugurib, maksimal tezligi 28,2 km/soatga yetdi. Yarim himoyachining to‘p uzatish aniqligi 71 foizni tashkil etdi.