"Bavariya" bu haftada "Kristal Pelas"dan Maykl Olisening transferini yakunlaydi.
22 yoshli hujumchi shu hafta Myunxen klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan so‘ng 2029 yilning yozigacha shartnoma imzolaydi.
Transfer summasi 60 million yevroni tashkil etadi, bonuslar bitimga kiritilgan, deb xabar beradi Sky jurnalisti Florian Plettenberg.
Eslatib o‘tamiz, futbolchiga "MYU" va "Chelsi" ham da’vogarlik qilgandi.
O‘tgan mavsumda Maykl 19 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.